Maxfiylik siyosati

Sifat QA onlayn platformasi, onlayn kurslar va unga aloqador bo'lgan internet xizmatlarini taqdim etuvchi kompaniyadir. Xizmatlarimizni taklif etishda https://school.sifatqa.uz va unga aloqador subdomenlardagi veb saytlardan foydalanamiz.
Ushbu Maxfiylik siyosati barcha biz tomonimizdan taklif qilingan onlayn ta'lim platformalariga taalluqlidir.

Shaxsiy ma'lumotlari

Biz o'quvchilarining shaxsiy ma'lumotlarini to'plashimiz mumkin. O'quvchilar saytimizdan ro'yxatdan o'tganda va boshqa resurslarimizdan foydalanganda ushbu ma'lumotlarni yig'amiz. O'quvchilar ixtiyoriy ravishda bunday ma'lumotlarni taqdim etgan taqdirdagina shaxsiy ma'lumotlarni yig'amiz.

Qo'shimcha ma'lumotlar

O'quvchilarning foydalanuvchi tajribasini yaxshilash maqsadida qo'shimcha ma'lumotlarni to'plashimiz va saqlashimiz mumkin. Bunday ma'lumotlar avtomatik to'planadi. Bunday ma'lumotlarga qatoriga IP manzili, operatsion tizim, geolokatsiya ma'lumotlari, mahalliy parametrlar, kompyuterlar va mobil qurilmalar bilan bog'liq identifikatsiya raqamlari, mobil aloqa operatoringiz, tranzaktsiyalar bilan bog'liq sana va vaqt kabilar kirishi mumkin.

Yig'ilgan ma'lumotlardan foydalanish siyosati

Kompaniya o'quvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini quyidagi maqsadlarda to'plashi va foydalanishi mumkin:

Mijozlarga xizmat ko'rsatishni yaxshilash

Siz taqdim etgan ma'lumotlar mijozlarga xizmat ko'rsatish va qo'llab-quvvatlash ehtiyojlariga yanada samaraliroq javob berishga yordam beradi.

SMS xabarlarini yuborish uchun

Biz o'quvchilarning telefon raqamlariga kurslar yoki xizmatlar haqida SMS xabarnomalar yuborishda foydalanishimiz mumkin. O'quvchilarning telefon raqamlari o'quvchilarning savollari, takliflari va boshqa so'rovlarga javob berishi uchun ham ishlatilishi mumkin.

Ma'lumotlar uchinchi tomon bilan aslo ulashilmaydi

Biz foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini uchinchi tomon bilan bo'lishmaymiz. Barcha ma'lumotlarga faqatgina administratorlarning kirish huquqi mavjud.

Ma'lumotlarni o'chirish

Foydalanuvchilar saytimizdagi o'z shaxsiy ma'lumotlarini o'chirishni xohlasalar, info@sifatqa.uz orqali bog'lanishlari mumkin.

Maxfiylik siyosatini yangilash

Biz ushbu maxfiylik siyosatiga vaqti-vaqti bilan o'zgartirish kiritishimiz mumkin. Kattaroq o'zgarish bo'lganda barcha foydalanuvchilarga sms xabar yoki sayt orqali xabar beriladi.

Maxfiylik siyosatiga rozilik bildirish

Saytimizga kirishingiz va ro'yxatdan o'tishingiz bilan siz ushbu Maxfiylik siyosatiga rozilik bildirgan hisoblanasiz


Eng oxirgi yangilanish vaqti:

11.01.2024

Agarda maxfiylik siyosati bo'yicha qandaydir savollaringiz yoki takliflaringiz bo'lsa, support@sifatqa.uz ga murojaat qilishingiz mumkin.